Eshitdik-da! "Surxon"ga kerak bo'lmay qolgan Nimeliga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqmoqda
03 iyu 16:46
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Surxon"ga kerak bo'lmay qolgan Nimeliga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqmoqda
O'z-o'zidan jamoalarimiz tarkibni shakllantirish jarayonini allaqachon boshlab yuborishgan. Birinchi davrada "Surxon"ning asosiy tarkibidan tushib qolgan liberiyalik hujumchi Silvanus Nimeli davralar oralig'ida jamoasini o'zgartiradi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, yaqingacha 25 yoshli hujumchi uchun asosiy davogar "Metallurg" klubi bo'lib kelayotgan edi. "Metallurg" va futbolchining agenti o'rtasida muzokaralar ham bo'lib o'tgan. Lekin, hozirga kelib Nimeli uchun kurashda OKMK jamoasi favorit bo'lib oldi. Olmaliqliklar va o'yinchining vakillari o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. OKMKni serbiyalik hujumchi Milan SHkrbich tark etgan va olmaliqliklar uning o'rniga boshqa forvard izlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Siilvanus Nimeli joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 5ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urib, bitta assist berdi.
Fikrlar