

"Temiryo'lchilar" "Nasaf" himoyachisi Shuhrat Muhammadievning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Eshtishimizga qaraganda, tomonlar muzokara olib borishmoqda. "Lokomotiv" jamoasi Shuhrat Muhammadiev bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Shuhrat Muhammadiev yangi mavsumni "Loko" libosida boshlashi ehtimoli yuqori.
Eslatib o'tamiz, Muhammadievning "Nasaf" bilan tuzgan shartnomasi yil oxiriga qadar mo'ljallangan.



