Eshitdik-da! Osiyo chempionlariga “Lacetti Gentra” sovg'a qilinadi
20 mar 2023 09:55
Yangiliklar


Eshitdik-da! Osiyo chempionlariga “Lacetti Gentra” sovg'a qilinadi
U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan O'zbekiston bosh sovrinni ham o'zida qoldirdi.
Bizdagi malumotlarga ko'ra, hozirda “Bunyodkor” stadioniga “Lacetti Gentra” rusumli avtomobillar olib kelingan va ularga U-20 logosi tushirilgan. Mashinalar tez orada Osiyo chempionlariga topshirilishi kutilmoqda. Taqdirlash marosimi 11:00 da boshlanadi.
Avvalroq, saytimiz orqali Ravshan Haydarov shogirdlari FIFA kunlarida rossiyalik tengqurlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar