Eshitdik-da! OFK rozi, muxlislar stadionga qaytadimi?
13 sen 2021 12:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657634_original.jpg)
![](/upload/storage/657634_220.jpg)
Eshitdik-da! OFK rozi, muxlislar stadionga qaytadimi?
"Nasaf" shu kuni Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasiga qarshi OFK kubogi inter zonal bosqichi yarim final bahsini o'tkazadi.
Nasaf Qarshi |
AFC Cup Final Stage . Quarter Finals-tur 22/09/2021, 21:00 0
:
6
Tugadi
|
Mohun Bagan SG |
Saytimiz o'quvchilari bu o'yinga muxlislar tashrifiga ruhsat beriladimi yoki yo'q, qiziqishmoqda. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, Osiyo Futbol Konfederaciyasi ham bu savolga oydinlik kiritishni so'ragan. OFK ushbu masala bo'yicha O'FAga so'rov yubordi.
Malum bo'lishicha, Osiyo Futbol Konfederaciyasi muxlislarning stadionga kiritilishiga qarshi emas. Buning uchun birinchi navbatda uchrashuvga xavfsizlik bo'yicha oficer tayinlanishi lozim. SHuningdek, OFKning Covid bilan bog'liq holatlarda uchrashuvlarni o'tkazish protokoli bo'yicha 3 ta forma to'ldirilishi hamda karantin qoidalariga rioya qilinishi kerak bo'ladi.
Barchasi O'zbekiston Futbol Associaciyasining javob xatiga bog'liq. Ko'ramiz, O'FA rahbariyati qanday qarorga keladi? OFKga javob xati bugun chiqarilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar