Eshitdik-da! "Nasaf" - "Paxtakor" o'yini qoldirilishi mumkin
21 okt 2019 15:49
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Nasaf" - "Paxtakor" o'yini qoldirilishi mumkin
Bu haqda 19 oktyabr kuni saytimiz orqali xabar bergan edik.
4 va 5 noyabr kunlari Coca Cola Superligasining 24-tur uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Olgan malumotlarimizga ko'ra, O'FA milliy terma jamoaning yig'ini sabab 5 noyabr kuniga mo'ljallangan "Nasaf" - "Paxtakor" o'yinini boshqa sanaga qoldirish iltimosi bilan har ikki klub rahbariyatiga murojaat qilgan. Hozircha, "Nasaf" va "Paxtakor" klublari bu iltimosga qanday javob qatarishgani aniq emas. Lekin, o'rtada MTJ manfaati turganini hisobga olsak katta ehtimol bilan uchrashuv qoldirilishi mumkin.
Murabbiylar bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida futbolchilarni yig'inga ertaroq chaqirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichi doirasidagi navbatdagi o'yinlarni 14 noyabrda Saudiya Arabistoniga, 19 noyabrda esa Falastinga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar