So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Eshitdik-da: "Nasaf" etakchisi klubdan yangi shartnoma uchun 1,5 milliard maosh so'ramoqda Yangiliklar

Eshitdik-da: "Nasaf" etakchisi klubdan yangi shartnoma uchun 1,5 milliard maosh so'ramoqda

Qarshining "Nasaf" jamoasi serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoevich bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Eshitishimizga qaraganda, qarshiliklar joriy mavsumda jamoaning etakchisiga aylangan Marko Stanoevich bilan o'rtadagi kelishuvni uzaytirish maqsadida futbolchiga yangi shartnoma taklif etishgan. Marko Stanoevich "Nasaf"dan 2021 yilgi mavsum uchun 1,5 milliard (150 ming AQSH dollari) atrofida maosh so'ragan. "Nasaf" esa bunday maoshni serbiyalik futbolchiga to'lashga rozi bo'lishi nomalum. Agarda har ikkala tomon yangi shartnoma bo'yicha kelisha olishmasa, unda Marko Stanoevich faoliyatini Superliganing boshqa klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Marko Stanoevichning xizmatlariga ayni paytda Superliganing boshqa klublari ham og'iz solishgan. Marko Stanoevich "Nasaf"da qolishga qarshi emas. Agarda futbolchining yangi shartnoma bo'yicha talablari qondirilsa, Marko katta ehtimol yangi mavsumni ham "Nasaf"da o'tkazadi. Aks holda Marko qarshiliklar safini tark etishi mumkin.

Tomonlar hozircha og'zaki muzokaralar o'tkazishgan. "Nasaf" kelasi mavsum uchun smeta tasdiqlanganidan so'ng Marko bilan rasman muzokara o'tkazishi mumkin. Ro'ziqul Berdiev klub rahbariyatidan Marko Stanoevichni jamoada olib qolishni so'ramoqda.

Malumot o'rnida: Marko Stanoevich joriy mavsumda "Nasaf" safida 24 o'yinda 6ta gol urib, 1ta golga assitentlik qildi.

Reyting: -54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика