Eshitdik-da! Krestinin Qirg'iziston terma jamoasini tark etadi. O'rniga MYU sobiq futbolchisi keladi
03 apr 2023 12:24
Yangiliklar
Eshitdik-da! Krestinin Qirg'iziston terma jamoasini tark etadi. O'rniga MYU sobiq futbolchisi keladi
2014 yildan buyon Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiy bo'lib ishlab kelayotgan murabbiy istefoga chiqishga yaqin.
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, Qirg'iziston terma jamoasini o'z tarixida ilk bor Osiyo kubogiga olib chiqqan bosh murabbiy Aleksandr Krestinin yaqin vaqt ichida o'z lavozimini tark etadi. Uning o'rnini katta ehtimol bilan rossiyalik sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis egallaydi.
O'z vaqtida "Manchester Yunayted"da o'ynagan Kanchelskisni o'zbekistonlik muxlislar "Navbahor"dagi faoliyati orqali yaxshi tanishadi.
Kecha Kanchelskis Qirg'izistonga kelgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar