Eshitdik-da! Komil Mirzaboev "Neftchi"dan ketdi
27 apr 2014 10:20
Yangiliklar
Eshitdik-da! Komil Mirzaboev "Neftchi"dan ketdi
Farg'onaning "Neftchi" klubi boshlig'i Komil Mirzaboev kecha o'z lavozimidan ozod etildi.
Bo'shab qolgan lavozimni "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Tohir Kopadze egallagani haqida eshitdik. Bosh murabbiy Murodjon Ismoilov o'z o'rnida qolib jamoa bilan ishlashda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" bu yilgi mavsumda oliy liganing dastlabki 6 turidan so'ng 3ta durang va 3ta mag'lubiyat bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Bundan tashqari, Farg'ona klubi O'zbekiston kubogi 1/16 finalida "Qo'qon-1912"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib musobaqadan chiqib ketdi.

Fikrlar