Eshitdik-da! "Andijon" asosiy posboni va murabbiyiga javob berib yubordi
21 apr 2021 13:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632692_original.jpg)
![](/upload/storage/632692_220.jpg)
Eshitdik-da! "Andijon" asosiy posboni va murabbiyiga javob berib yubordi
"Andijon" jamoasida o'zgarishlar boshlandi.
Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoada o'zgarishlar yuz bermoqda. Hali mavsumning birinchi qismi tugamasidanoq, "burgutlar"ning asosiy posboni bo'lgan Nizomiddin Ziyovutdinov jamoani tark etgan. Olingan malumotlarga ko'ra, "Andijon"ning qoniqarsiz natijalarida bosh aybdor deb 23 yoshli darvozabon topilgan. SHu sababli klub rahbariyati "Lokomotiv" bilan o'yindan oldin Ziyovutdinovga javob bergan.
Undan tashqari U-21 jamoasini boshqarib kelgan murabbiy SHerzod SHaripovga ham ochiq eshiklar ko'rsatildi.
"Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyat esa bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi. Bugungi mag'lubiyat bosh murabbiyning kursisini yanada qimirlatib yubordi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar