Ertaga U-20 Jahon chempionati start oladi. Mundial haqida batafsil
22 may 2019 11:54
Yangiliklar


Ertaga U-20 Jahon chempionati start oladi. Mundial haqida batafsil
Musobaqa 23 may kuni boshlanib 15 iyun kuni tugaydi.
Unda dunyoning eng kuchli 24ta terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqalar Polshaning oltita shahridagi oltita stadionda bo'lib o'tadi.
SHaharlar va stadionlar
Belsko-Byala - "Municipal" stadioni
Bidgoshch - "Zdzislav Kshishkovyak nomidagi" stadion
Gdinya - "SHahar" stadioni
Lyublin - "Arena Lyublin" stadioni
Lodz - "Vidzev" stadioni
Tixi - "SHahar" stadioni
Osiyo qitasidan ushbu Jahon chempionatida Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni ishtirok etadi. O'zbekiston so'nggi bor 2015 yilgi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan edi.
Etiborlisi amaldagi chempion Angliya va vice-chempion Venesuela bu yilgi musobaqaga chiqa olmagan. Bu mundialda chempion bo'lish bo'yicha rekordchi Argentina hisoblanadi. Ushbu mamlakat terma jamoasi olti marta U-20 toifasida chempion bo'lgan.
Guruhlar
"A" guruhi - Polsha, Kolumbiya, Taiti, Senegal
"B" guruhi - Meksika, Italiya, Yaponiya, Ekvador
"C" guruhi - Gonduras, Yangi Zelandiya, Urugvay, Norvegiya
"D" guruhi - Qatar, Nigeriya, Ukraina, AQSH
"E" guruhi - Panama, Mali, Franciya, Saudiya Arabistoni
"F" guruhi - Portugaliya, Janubiy Koreya, Argentina, JAR
Jahon chempionatida osiyolik uch nafar bosh hakam ishlaydi. Bular: Ahmad Al Kaf (Ummon), Muhammad Taqi (Singapur) va Adham Makhadmeh (Iordaniya). O'zbekistonlik Ilgiz Tantashev esa zaxira hakami sifatida Polshaga boradi.
Ushbu mundialda 1999 yil 1 yanvar va undan keyin tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishadi.
U-20 mundialda o'ynaydigan mashhur futbolchilar:
Andrey Lunin (Ukraina, "Leganes")
Timoti Vea (AQSH, PSJ)
Alban Lafont (Franciya, "Fiorentina")
Dan Zagadu (Franciya, "Borussiya D")
Diogo Dalot (Portugaliya, "Manchester Yunayted")
Saytimiz orqali ushbu Jahon chempionatini kuzatib boring.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar