So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Ertaga qura! Yangiliklar

Ertaga qura!

Ertaga, 1 iyul kuni OFK shtab-kvartirasida JCH saralash uchinchi bosqichiga qura tashlash o'tkaziladi.

Afsuski, bu safargi marosimni biz shunchaki tomoshabin sifatida kuzatamiz. CHunki milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichiga o'ta olmadi. Guruhda Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, bu biz uchun etarli bo'lmadi. SHu bois qurani ham, keyingi bosqich o'yinlarini ham muxlis sifatida kuzatamiz. 

Format qanday bo'ladi? 

Garchi uchinchi bosqich formati qanday o'tishini ko'pchilik bilsa-da, shunga qaramay eslatib o'tmoqchimiz. JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundida jami 12 jamoa ishtirok etadi.

Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'linadi. Qatar terma jamoasi mundial mezboni sabab uchinchi raundda ishtirok etmaydi. Uchinchi bosqichda o'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkaziladi.

Har ikki guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga yo'l olishadi. Uchinchi o'rinni egallaganlar esa o'zaro o'yinda ishtirok etib, bunda g'olib jamoa qitalararo pley-off bahslari musobaqasiga yo'l oladi.

Ikkinchi bosqichdan guruh g'olib sifatida chiqqan jamoalar: Suriya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya. 

Eng yaxshi ikkinchi o'rin bilan chiqqan jamoalar: Xitoy, Iroq, Ummon, Vetnam, Livan.


Savatchalar malum

Quradan avval barcha 12 jamoa ikkitadan 6ta savatchaga bo'lib chiqiladi. Jamoalarni savatchalarga ajratishda FIFA reytingining 18 iyun kungi holatiga ko'ra to'xtamga kelindi.

Birinchi savatcha: Yaponiya, Eron.

Ikkinchi savatcha: Janubiy Koreya, Avstraliya.

Uchinchi savatcha: Saudiya Arabistoni, Iroq.

To'rtinchi savatcha: BAA, Xitoy.

Beshinchi savatcha: Suriya, Ummon. 

Oltinchi savatcha: Vetnam, Livan.

Bu degani bitta savatchadagi jamoalar keyingi bosqichda bir-biriga raqib bo'lmaydi. Masalan, Yaponiya joy oladigan guruhda Eron bo'lmasligi aniq.


O'yinlar qachon boshlanadi? 

JCH saralash uchinchi bosqich uchrashuvlariga shu yilning 2 sentyabrida start berilib, kelasi yilning 29 mart kuni oxirgi tur uchrashuvi o'tkaziladi. 

1-tur. 2 sentyabr

2-tur. 7 sentyabr

3-tur. 7 oktyabr

4-tur. 12 oktyabr

5-tur. 11 noyabr

6-tur. 16 noyabr

7-tur. 27 yanvar

8-tur. 1 fevral

9-tur. 24 mart

10-tur. 29 mart


Qurani jonli kuzatsa bo'ladimi? 

Bo'ladi, albatta. JCH saralash qurasi ertaga Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. Qura marosimini ushbu HAVOLA orqali kuzatishingiz mumkin. 

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика