So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Ertaga Qo'qonda yangi mavsumning ochilish marosimi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Ertaga Qo'qonda yangi mavsumning ochilish marosimi bo'lib o'tadi

Teglar :  Qo'qon-1912
Mana bir necha kundirki, o'zbek futboli vatani bo'lmish Qo'qonda futbol bayrami hukmronlik qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan o'zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o'zbek futbolining tamal toshi qo'yilgan Qo'qon shahrida yangi stadion barpo etish to'g'risidagi qarorlari qo'qonlik minglab futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. Ular buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etishdan charchashmayapti.

Qo'qondagi “Markaziy” o'yingoh bugungi kunga kelib barchaning havasini keltiruvchi darajada tamirlandi. Yangi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi ham zamonaviy ko'rinishga ega stadionda to'p suradi.

Qo'qonlik futbol muxlislari yangi mavsum ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat ular orziqib kutgan kunlar yaqin.

Ertaga “Markaziy” stadionda 2018 yilgi mavsumning ochilish marosimi tashkil etiladi. Marosimda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi.

Ayni damda ochilish marosimini yuqori darajada o'tkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Ertaga “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin bo'lib o'tadigan tadbir o'ziga xosligi bilan ajaralib turadi hamda muxlislar uchun unutilmas onlarni taqdim etadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Bu uchrashuvni bayramona tarzda o'tkazish uchun stadionda juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O'zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo'lgani tug'risidagi sahna ko'rinishi yig'ilganlarga ko'rsatib beriladi.

Bundan tashqari, estradamiz yulduzlari o'z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand etishga bel bog'lashgan. Muxlislarimiz uchun teatrlashtirilgan koncert dasturi namoyish etiladi.

Ertaga katta futbolni sog'ingan muxlislar uchun haqiqiy bayrami bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, yangi tamirdan chiqarilgan “Markaziy” stadionda, muxlislar uchun juda katta bayram tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика