Ertaga "Qizilqum" ko'k, "Qo'qon-1912" havorang formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2018, 20:51
Navoiy shahridagi "Zarafshon grand" mehmonxonasida "Qizilqum" va "Qo'qon-1912" jamoalarining rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ertaga bo'lib o'tadigan superliga 2-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinning tashkiliy jixatlari ko'rib chiqildi. Uchrashuv komissari Baxtiyor Namozov jamoalar vakillariga o'yinda bo'ladigan holatlar va  tashkiliy masalalar haqida batafsil tushuncha berdi.

Unda jamoalarning uchrashuvda kiyadigan liboslari tasdiqlandi. Unga ko'ra mezbonlar, "Qizilqum" jamoasi to'q-ko'k rang, "Qo'qon-1912" jamoasi esa havorang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz