Ertaga Pro-liga va O'zbekiston Kubogiga qayta qur'a tashlanadi
Tolibjon Qosimov
26 mar 2018, 18:20
Ertaga, 27 mart kuni O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining majlislar zalida Pro-liga hamda O'zbekiston Kubogi o'yinlari uchun qayta qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.
Soat 11:00ga belgilangan tadbirda ro'yxatdan o'tgan barcha OAV xodimlari ishtirok etishlari mumkin.