Ertaga "Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtiradi
24 jan 2018 11:30
Yangiliklar
Ertaga "Paxtakor" yangi futbolchilarni tanishtiradi
"Paxtakor" 25 yanvar kuni yangi mavsum oldidan jamoa safiga kelib qo'shilgan va qaytgan o'yinchilarni ishqibozlarga tanishtiradi.
Yangi shartnoma imzolangan Farruh Sayfiev, Akmal SHorahmedov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev, shuningdek, boshqa klublardan ijaradan qaytgan Egor Krimec va Jaloliddin Masharipov ishqibozlarga "Paxtakor" - "So'g'diyona" nazorat bellashuvidan oldin tanishtiriladi. Tanishtirish marosimi soat 13:45da "Paxtakor" stadionida boshlanishi rejalashtirilgan. O'yin esa 14:00da boshlanadi.
Barcha OAV xodimlari va muxlislarni tanishtirish marosimi hamda nazorat uchrashuviga taklif qilamiz, - deb yozadi "Paxtakor" klubi matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar