So’nggi yangiliklar

21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  1 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  6 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   5 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  4 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  16 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  12 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  49 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  19 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4

Ertaga "Paxtakor" safarda ilk g'alabasini nishonlaydimi? Yangiliklar

Ertaga "Paxtakor" safarda ilk g'alabasini nishonlaydimi?

Teglar :  PaxtakorObod
Ertaga oliy liganing 15-tur bahslariga start beriladi. "Obod" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Bugun "Paxtakor" yangi bosh murabbiy SHota Arveladzeni keng jamoatchilikka tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Lekin bu yangi murabbiy bugunning o'zidayoq jamoani qabul qilib oladi degani emas. Bizga malum bo'lishicha, futbolchilarni ertangi o'yinga ham Jasur Abduraimov tayyorlaydi va gruziyalik murabbiy ikkinchi davradan jamoani o'z qo'liga oladi.

Ertaga "Paxtakor" bu yil hisobidan birinchi marta safarda g'alaba qozonishi mumkin. Hozircha jamoa safarda 6ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shundan uchtasida durang o'ynagan va uch bor mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 2-10. Albatta, "Paxtakor"dek klub uchun safarda atigi ikkita gol urish juda g'alati.

Ertangi raqib "Obod" hozirgi sharoitda kuchli emas. To'g'ri, "Obod" o'z maydonida "Dinamo" bilan chiroyli o'yin ko'rsatdi, lekin shundan so'ng ketma-ket uchta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Bu ahvolda ertaga bu jamoa "Paxtakor" bilan qanday o'ynaydi, hayronmiz.

"Paxtakor" Jasur Abduraimov qo'l ostida chiroyli o'yin ko'rsatayotgani yo'q, lekin natija bor. Hozircha "sherlar" ushbu murabbiy bilan ettita o'yinda ishtirok etib, shundan to'rttasida g'olib chiqishdi. Yani, "Paxtakor" Jasur Abduraimov boshchiligida uydagi hamma o'yinlarni yutdi, biroq safarda ikki bor durang o'ynagan bo'lsa, bir marta mag'lubiyatga uchradi.

Agar "Paxtakor" ertaga "Jar" stadionida g'alaba qozonadigan bo'lsa, bu "Paxtakor"ning safardagi ilk uch ochkosi bo'ladi. Mabodo "Obod" zafar quchsa, bu Inileev shogirdlarining uydagi ikkinchi g'alabasi bo'ladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика