Ilkay Gyundoganning keyingi klubi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2025, 21:13
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini boshqa jamoada va boshqa ligada davom ettiradi.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Galatasaroy" Gyundogan borasida "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishgan.

Insayderning yozishicha, turk klubi transfer uchun bir evro ham sarflamaydi, chunki "Siti" Ilkayni o'zaro kelishuv bo'yicha qo'yib yubormoqda. Futbolchi hamda "Galatasaroy" o'rtasidagi bitim 2 yilga mo'ljallangan bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano