Eronlik himoyachi: "Bu bahs so'nggi 7-8 yildagi eng muhim o'yinimiz bo'ladi"
12 iyu 2017 13:45
Yangiliklar
Eronlik himoyachi: "Bu bahs so'nggi 7-8 yildagi eng muhim o'yinimiz bo'ladi"
"Bu JCH-2018 yo'lidagi eng qiyin bahslardan biri bo'ladi. Ularni juda yaxshi bilamiz va ikki hafta davomida O'zbekiston terma jamoasi o'yinini tahlil qildik. Hammamiz ijobiy natijaga umid qilyapmiz.
So'nggi 4-5 yil davomida katta mehnatni bajardik va safimizga qo'shilgan yoshlar, hozir tajribali futbolchilarga aylanishgan.
Jamoa tayyor, himoyada ishonchli va kuchli o'ynaymiz. Biz erishishni istagan darajaga etdik.
So'nggi jahon chempionatiga to'xtaladigan bo'lsak, mundialdagi ishtirokimiz faoliyatimizdagi eng yaxshi xotiralarimizdan biri hisoblanadi. Agar bu jahon chempionatiga chiqa olsak, muxlislarimiz bizdan guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashimizni istashadi. SHu sababli mundialdagi asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish hisoblanadi.
Biroq bu haqda JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgandan so'ng gapirish to'g'ri bo'ladi, chunki hozircha mundial masalasini hal qilganimiz yo'q. Bu bahs so'nggi 7-8 yildagi eng muhim o'yin bo'ladi, shu sababli bor etibor ushbu jangga qaratiladi" - deydi Montazori.
Fikrlar