Eronlik futbolchi o'limga hukm qilindi
13 dek 2022 14:17
Yangiliklar
Eronlik futbolchi o'limga hukm qilindi
Futbolchi Amir Rizo Nasr Azadoniy Eronning amaldagi hukumatiga qarshi norozilik harakatidan so'ng o'lim jazosiga hukm qilingan 28 kishi orasida.
Bu haqda "IranWire" nashri xabar bermoqda.
Nasr Azadoniy noyabr oyi oxirida policiya polkovnigi Ismoil CHereg va Eron xavfsizlik kuchlarining yarim harbiylashtirilgan guruhi bo'lmish ikki "Basij" jangchisini o'ldirishda gumondor sifatida hibsga olingan edi.
26 yoshli futbolchi o'limga hukm qilindi. Qolgan 27 kishi ham shunday jazo oldi.
Nasr Azadoniy Eron U-16 terma jamoasida o'ynagan. Tabrizning "Traktor" klubida harakat qilgan.
Fikrlar