So’nggi yangiliklar

22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  3 22:23Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  0 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  83 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  14 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  1 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  462 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  2 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  5 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0

Erondan fotomaqola: “Lokomotiv”ning g'alabasiga bag'ishlanadi Yangiliklar

Erondan fotomaqola: “Lokomotiv”ning g'alabasiga bag'ishlanadi

Hozir Toshkentda zo'r berib yomg'ir yog'moqda.

Kecha Eronning Isfahon shahrida bundan besh badtar bo'ldi. Safarda “Sepaxon” mehmoni bo'lgan “Lokomotiv” mana shunday qiyin ob-havo sharoitida 2:0 hisobida g'alaba qozonib, bu yilgi OCHL guruh bosqichida dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi.

SHu o'rinda fotosuratlar orqali “Lokomotiv”ning Eronda o'tkazgan kunlariga va qanday qilib g'alabaga erishganiga to'xtalishni lozim topdik. Zero, bu ham muxlislarga xush yoqadi degan umiddamiz.

“Lokomotiv” futbol klubi delegaciyasini o'z bag'riga olgan samolyot 13 mart kuni kunduzi soat 10:00da Toshkentdan Ishafon tomon parvoz qildi. Qariyb uch soatlik parvozdan so'ng manzilga etib bordik va bizni aeroportda “Sepaxon” futbol klubi vakillari kutib olishdi. U er bizning vaqt bilan bir yarim soat orqada ekan.



“Temiryo'lchilar” shahar markaziga yaqinroq joydagi Kowsar Hotel mehmonxonasiga joylashishdi. Mehmonxonadagi sharoitlar yaxshi bo'ldi. Murabbiylar birinchi kunning o'zidayoq mashg'ulot rejasini ishlab chiqishdi va kechki payt avtobusda butun jamoa bo'lib “Sepaxon”ning qo'shimcha maydoniga yo'l oldik.



Birinchi kungi mashg'ulotda oyog'ida og'riq his qilgani bois jamoamiz sardori Timur Kapadze ishtirok eta olmadi. SHunda hamma xavotirga tusha boshladi. “Al Ittihod” bilan o'yinni aynan jarohat deb Server Jeparov o'tkazib yuborgandi. Nahotki, bu safar Kapadze yordam bera olmasa degan xayolga bordik. Ertasi kuni o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot boshlanganida xayriyat Kapadze safda edi, u boshidan oxirigacha mashg'ulotda ishtirok etdi.



Timur Kapadzening umumjamoaga qaytgani qanchalik xursand qilgan bo'lsa, Nemanya Yanichichning elkasidan og'riq his qilib o'yinni o'tkazib yuborishi shunchalik xafa qildi. O'yindan bir kun oldingi mashg'ulotda Yanichich alohida o'zi shug'ullandi. Elkasidagi og'riq to'xtamadi. Kechga borib esa uning maydonga tusha olmasligi oydinlashdi.

Natijada “Sepaxon”ga qarshi bahsda himoya markazidan SHerzod Fayziev bilan Islom To'xtaxo'jaev o'rin egalladi. Qanotlarni mos ravishda Oleg Zoteev bilan Salim Mustafoev yopishdi. Bir kun oldingi makshg'ulotda ob-havo ancha yaxshi edi. Hatto o'yinoldi matbuot anjumanida Andrey Miklyaev ayni futbol o'ynaydigan havo deya aytib o'tgandi.



Lekin o'yin kuni shunday bo'lishini kim bilibdi deysiz. Ertalabdan sharros yomg'ir quya boshladi. Stadionga kirib borganimizda yomg'ir yanada zo'raydi. Oddiy yomg'ir emas, balki kuchli shamol aralash yomg'ir. Endi bundan badtari bo'lmasa kerak. Rasm olay desam, hamma yoq
shalabbo bo'lgan. Maydonda besh daqiqa tursangiz bo'ldi, butunlay ivib keasiz. Buning ustiga shamol tufayli yomg'ir nuqul odamning yuziga uradi.



Mahalliy vaqt bilan soat 16:00da uchrashuvga start berildi. Futbolchilar hali jamoaviy rasmga tushishga ulgurmasdanoq ho'l bo'lib ketishdi. Qolaversa, nafas olish qiyinlashib qoldi. Yomg'ir yoqqani uchun bo'lsa kerak, stadionga juda kam muxlis keldi: bir yarim mingdan sal ko'proq. Birinchi bo'limning o'zida Maxaradze o'zini yomon his qila boshladi va murabbiylardan almashtirishni so'radi. Natijada ikkinchi bo'limda uning o'rniga Jeparov harakat qildi.



O'yinning 15-daqiqasida hisob ochildi. Bu vaziyatda Sanjar SHoahmedov ikki futbolchi orasidan to'pni juda ajoyib tarzda Marat Bikmaevga to'pni etkazib berdi. Bikmaev esa o'zining “sehrli” chap oyog'ida burama zarba yo'llab gol urdi. 87-daqiqada Sardor Mirzaev jamoasining ikkinchi to'pini kiritib, hisobni 2:0ga etkazdi. Raqib haqida nima deyish mumkin? “Sepaxon” ko'p ham kuchli ko'rinmadi. Ular bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. O'yinidagi mazmun asosan braziliyalik hujumchi SHimbaga to'p uzatishga qaratilgan.



Kechagi bahsda hamyurtimiz Fozil Musaev ham qo'lidan kelgancha harakat qildi. Bir vaziyatda uning zarbasidan so'ng gol bo'lishi ham mumkin edi, lekin Ignatiy Nesterov to'pni vaqtida qaytarib golning oldini olib qoldi. Bir so'z bilan aytganda, kecha “Lokomotiv” juda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. CHunki “temiryo'lchilar” raqibdan ham ko'ra, ob-havo bilan ko'proq kurash olib borishdi. SHunga qaramay, safarda ijobiy natija qo'lga kiritilganidan xursandmiz.



Umuman olganda, biz kecha maydonga tushgan yoki tushmagan – barcha futbolchi va murabbiylarni g'alaba bilan tabriklab qolamiz. “Lokomotiv”ning g'alabalari davomiy bo'lishini so'rab qolamiz. “Loko” safida OCHLda o'zining uchinchi golini urgan Sardor Mirzaevga alohida rahmat! U kecha gol urishdan tashqari o'tgan yil “Al Hilol”ga, bu yil esa “Al Ittihod”ga to'p kiritgandi. “Sepaxon”ga qarshi bellashuvning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Marat Bikmaevni ham tabriklab qolamiz.



“Lokomotiv” OCHLning dastlabki uch o'yinida besh ochkoni qo'lga kiritdi, oldinda bizni yana uchta bahs kutib turibdi. Nasib qilsa, bu o'yinlarni ham ijobiy yakunlab guruhdan albatta chiqamiz.

Xayrulla Xoliqov. (Suratlar muallifniki)
















Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика