Eron terma jamoasi Toshkentga 4 oktyabr kuni etib keladi
21 sen 2016 13:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/221844_original.jpg)
![](/upload/storage/221844_220.jpg)
Eron terma jamoasi Toshkentga 4 oktyabr kuni etib keladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini Eronga qarshi o'tkazadi.
6 oktyabr kuni o'tkaziladigan ushbu o'yin, Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.
Portugaliyalik Karlush Keyrush boshqarayotgan Eron milliy terma jamoasi ushbu o'yinni o'tkazish uchun Toshkentga 4 oktyabrda etib kelishini malum qildi.
Takidlash kerakki, JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichida o'tkazilgan ikki turdan keyin O'zbekiston terma jamoasi 6 ochko bilan "A" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Eron hisobida esa hozircha 4 ochko mavjud.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar