Eron terma jamoasi futbolchisi: "Yaponiyani jamoa bo'lib to'xtata olamiz"
02 fev 2024 11:55
Yangiliklar
Eron terma jamoasi futbolchisi: "Yaponiyani jamoa bo'lib to'xtata olamiz"
Eron terma jamoasi va "Sepaxon" klubi futbolchisi Ramin Rizoyan Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechadigan chorak final uchrashuvi haqida saytimizga kichik intervyu berdi
"CHorak finalda qiyin raqib kutib turibdi. Yaponiya qitada eng kuchli jamoalardan biri. Afsuski, keyingi uchrashuvni hujumchisiz Mehdi Taremi o'tkazib yuboradi, ammo biz maydonda 11ta futbolchi bilan o'ynaymiz. Jamoaviy o'yin orqali, Yaponiyani mag'lub eta olamiz. Biz barcha Eronliklar uchun ushbu musobaqada borimizni berib o'ynashda davom etamiz" - dedi Ramin Rizoyan
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
Fikrlar