

Ushbu bahsda Karlush Keyrush bir qator yo'qotishlarga duch keldi.
FIFA Ehson Hojisafi hamda Sardor Azmunni diskvalifikaciya qilganidan xabaringiz bor. Terma jamoa asosiy posboni Alirizo Beiranvand jarohat tufayli Suriya bilan o'ynay olmaydi. Yana bir darvozabon Alirizo Haqiqi ham aynan shu bois maydonga tusha olmaydi.
Terma jamoa sardori Andranik Teymurian ham jarohat oldi va bu safargi yig'indan chetda qoldi.
Eslatib o'tamiz, Eron 4ta turdan so'ng 10 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi.



