Eron sayti texnik xatoga yo'l qo'ydi
15 iyu 2021 13:09
Yangiliklar


Eron sayti texnik xatoga yo'l qo'ydi
Bugun JCH saralash bosqichidan o'rin olgan Eron - Iroq uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Eron yangiliklar sayti tehrantimes.com bugungi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarishi haqida xabar berdi.
"Ravshan Ermatov Eron - Iroq bahsini boshqarish uchun rasman tayinlandi. 43 yoshli o'zbekistonlik hakam 2003 yildan beri FIFA referisi hisoblanadi", - deyiladi xabarda.
Tuzatish: aslida bu o'yinni Ravshan Ermatov emas, balki Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagan hamda bugungi kunda O'FA birinchi vice-prezidenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar