Eron Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
22 okt 2018 16:29
Yangiliklar
Eron Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi dekabrda Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Bu haqda Qatarning "Al Raya" nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, o'rtoqlik uchrashuvi 31 dekabr kuni o'tkaziladi. Karlush Keyrush jamoasi noyabrda Venesuela bilan o'ynashi lozim edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra bu o'yin bekor qilindi. SHu bois forslar 16 noyabrda Trinidad va Tobagoga qarshi maydonga tushishadi.
Malumki, Eron terma jamoasi oldiga Osiyo Kubogida zafar quchish vazifasi qo'yilgan. SHu bois Keyrush jamoani jiddiy tayyorlashga harakat qilyapti. Eron o'z guruhida Iroq, Vetnam va Yamanga qarshi bahs olib boradi. Navbatdagi Osiyo Kubogi 5 yanvar - 1 fevral oralig'ida BAAda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar