Eron norozi bo'lishni boshladi: ularga Bahrayndagi maydon yoqmayapti
03 iyu 2021 12:47
Yangiliklar
Eron norozi bo'lishni boshladi: ularga Bahrayndagi maydon yoqmayapti
Eron terma jamoasi bugun Gonkong termasi bilan kuch sinashadi. Bahraynda bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. O'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida forslar bosh murabbiyi Dragan Skochich "Al Muharraq" stadionidagi maydon holatini tanqid qildi.
- "Bahona qilmoqchi emasman, lekin biz o'ynaydigan maydon umuman talabga javob bermaydi. Men faoliyatim mobaynida bunday yomon maydonni umuman ko'rmaganman. Agar gapimga ishonmasangiz, kelib o'z ko'zingiz bilan ko'ring. Biz kuchli jamoamiz va bu erga to'rtta o'yinni yutish maqsadida kelganmiz. Lekin buning uchun maydon holati ham shunga mos bo'lishi kerak. JCH saralash bahslarini Eron o'zida qabul qilmoqchi edi, lekin OFK bunga ruxsat bermadi va nima sababdan Bahraynga berilgani bizni juda qattiq xafa qildi", - deydi xorvatiyalik murabbiy.
Fikrlar