So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

Eron matbuoti: Ali Karimiga nisbatan nohaqlik qilindi Yangiliklar

Eron matbuoti: Ali Karimiga nisbatan nohaqlik qilindi

Teglar :  Ali KarimiEron FF
Xabaringiz bor, yaqinda Eron futbol federaciyasiga yangi prezident saylandi.

Yaqin to'rt yil mobaynida 43 yoshli SHahobiddin Azizi Xadem Eron FFni boshqaradigan bo'ldi. Prezidentlikka davogarlar orasida sobiq futbolchi Ali Karimi ham bor edi. Biroq u atigi 9 ovoz to'plab, birinchi bosqichdayoq kurashdan chiqib ketdi. SHundan so'ng Eron matbuoti bu erda qandaydir xatolik o'tgani haqida bong ura boshladi.

Xususan tehrantimes.com sayti bu haqda shunday yozdi: "O'tgan yakshanba kuni Eron futbol federaciyasiga yangi prezident saylandi. Lekin buerda nimadir xatolik borga o'xshaydi. CHunki saylov natijalariga ko'ra, Ali Karimining 87 ovozdan atigi 9ta ovoz olgani malum bo'ldi. SHunday ekan, savol tug'iladi: nima uchun ovoz berganlarning aksariyati futbol kishisini umuman etiborga olmadi?"

Eron xalqaro konferenciya markazida bo'lib o'tgan saylovda SHahobiddin Azizi Xadem 87ta ovozdan 49 ovoz to'plab, federaciya yangi prezidenti etib tayinlandi. Saylovda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi bu tabiiy hol. Biroq OAV xodimlari nima uchun Ali Karimidek mashhur shaxs 9ta ovoz olganini tushunishmayapti.

"To'qqizta ovoz? Bu ahmoqlik. Bunga ishonib bo'lmaydi. Ali Karimida to'g'ri, hali rahbarlik tajribasi yo'qdir, lekin qolgan uchta nomzodni ham hech kim tanimasdi. O'tgan 15 yil mobaynida Eron futbol federaciyasini rahbarlikka layoqati yo'q odamlar boshqardi. Buning natijasi dahshat. Hozirgi federaciya ham mamlakat futbolida nimanidir o'zgartirishiga ishonmaymiz", - deb yozadi tehrantimes.com sayti. 

Maqolada yana shunday deyilgan: "Ali Karimining nima sababdan saylovda yutqazgani tushunarlidir, lekin uning atigi 9ta ovoz olganini qanday izohlash mumkin? Aytaylik, u 20, 30 yoki 40ta ovoz olib ham mag'lub bo'lishi mumkin edi. Federaciyaga aloqador kishilarning ochiqchasiga Karimini rad qilishganini Eron futboli uchun uyat desa bo'ladi".

"Eron klublari menejerlari ko'pincha federaciya qarorlariga qarshi chiqib kelgan va mamlakat futbolini futbolga aloqador kishilar boshqarishi shart deb kelishadi. Lekin ko'rdikki, klublar menejerlari ham Ali Karimi nomzodini maqullashmadi. Bu esa Eron futbolida qayta qurish boshlash lozimligini ko'rsatmoqda".

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика