Eron klublariga legionerlar borasida taqiq qo'yildi
20 avg 2020 14:00
Yangiliklar


Eron klublariga legionerlar borasida taqiq qo'yildi
Eron klublari 2020/2021 yilgi mavsum uchun legioner futbolchi va murabbiylarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Bu haqda Eron futbol ligasi qaror chiqardi. Bunga dollar kursining Eron pul birligiga nisbatan ancha oshib ketishi sabab sifatida ko'rsatilyapti. SHuningdek, "Persepolis" va "Istiqlol" klublarida avvalgi murabbiylardan qarzdorlik bor. Ushbu ikki klub ham yangi mavsum uchun o'z tarkibiga faqat mahalliy futbolchi yoki murabbiylarni qo'shib olishi mumkin bo'ladi.
Lekin klublarda faoliyat olib borayotgan legionerlar bilan shartnomani uzaytirsa bo'ladi, faqat yangilarning qo'shib olinishiga ruxsat berilmaydi. Malumot uchun, Eronda yangi mavsum shu yilning oktyabr oyida start oladi.
O’xshash yangiliklar
00:17
JCH-2026 saralashi. Eron Shimoliy Koreyani yirik hisobda engib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi 24

Fikrlar