Eron FIFA reytingida 159-o'rinda borayotgan jamoa bilan o'ynaydi
31 okt 2016 15:05
Yangiliklar


Eron FIFA reytingida 159-o'rinda borayotgan jamoa bilan o'ynaydi
JCH-2018 saralashidagi O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Eron terma jamoasi 11 noyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Karlush Keyrush boshchiligidagi forslar 15 noyabr kuni Malayziyada Suriya bilan JCH-2018 saralashi doirasida maydonga tushishadi. Mazkur bahsdan 4 kun oldin Eron aynan Malayziyada Papua Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib oladi.
Okeaniya mintaqasi vakili bo'lgan bu terma jamoa FIFA reytingida ayni paytda 159-pog'onada bormoqda. Eron esa 27-o'rindan joy olgan.
Eron JCH-2018 saralashi 3-bosqichida "A" guruhida 10 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
23:17
Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi 4

Fikrlar