So’nggi yangiliklar

10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  0 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  3 09:45Испания терма жамоаси футболчини "Арсенал" билан келишувга эришди  7 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  6 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  8 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 07:54"Барселона" учта ўртоқлик учрашуви учун 15 миллион олади  3 07:25Суперлига. Бугун 9-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  6 01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  6 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  1 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  10 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  6 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  4

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Qosimov va Bakaev “Ozodi”da forslarni bo'ysundirgan uchrashuv Yangiliklar

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Qosimov va Bakaev “Ozodi”da forslarni bo'ysundirgan uchrashuv

Eron bilan o'yinlar tarixi orqali JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi safarda Eron ustidan qozonilgan g'alabani yodga olamiz.


Saralashning final raundini Vadim Abramov qo'l ostida boshlagan terma jamoamiz ilk turni Eron terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Biroq, o'z maydonimizda so'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga uch ochkodan quruq qolganmiz. Natijadan g'azablangan futbolimiz mutassadilari o'yindan so'ng darhol Abramovni istefoga chiqarishadi. Uning o'rniga esa Mirjalol Qosimov tayinlanadi. 

Tehronda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida futbolchilarni maydonga bosh murabbiy sifatida Qosimoa boshlab tushadi. Karlos Keyrush boshchligidagi jamoaga qarshi uchrashuv murabbiy uchun dastlabki jiddiy sinov edi. G'alaba terma jamoamizning guruhdagi ahvolini yanada yaxshilardi. Boz ustiga Toshkentdagi alamli mag'lubiyat uchun ham revansh olish talab qilinardi. Futbolchilarni esa oldinda 100 ming tomoshabinga ega “Ozodi” stadioni kutardi. Bellashuvdan oldin tarkibimizda sezilarli yo'qotishlar bor edi. Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Temur Kapadze kabi ijrochilar terma jamoa bilan birga emasdi. Ularning o'rnini bilintirmaslik maqsadida Fozil Musaev, SHohruh Gadoev, Artyom Filiposyan, Islom To'xtaxo'jaevlar asosiy tarkibga kiritildi. Eronning tarkibini esa ortiqcha muhokama qilmaymiz. Javod Nekunam, Ashkan Dejaga, Rizo Gujannajod kabi yulduzlar barchangizga tanish. 

 Uchrashuvning ilk daqiqalaridan forslar havfli hujumlarni uyushtirish va hisobni tezkorlik bilan ochish payida bo'lishdi. 10-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Ashkan Dejaga to'pni qanotdagi sherigi Andranik Teymuryanga oshiradi. Eronlik futbolchi markazdan ochilib borayotgan Muhammad Nuriga uzatadi. Nurining uzoqdan bergan zarbasi Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushadi. Ammo, bosh hakam Al – Badavaviy golni hisobga olmaydi. Teymuryaning uzatmasidan so'ng raqib hujumchisi jarima maydonchamiz ichida o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Uchrashuvning birinchi bo'limi kurashlarga va keskin to'qnashuvlarga boy tarzda yakunlanadi. 

Ikkinchi bo'limning 71-daqiqasida raqib futbolchisi qanotda futbolchimiz Sanjar Tursunovga qo'pollik ishlatadi va o'yin qoidasini buzadi. Hakam tomonidan belgilangan jarima nuqtasiga esa odatdagidek Server Jeparov yaqinlashadi. Jamoa sardorining yuqoridan jarima maydonchasi sari uzatib bergan to'pini Ulug'bek Bakaev golga aylantiradi va qaysidir manoda tarixiy golni uradi. Amalda bu g'alaba va muhim uch ochkoni keltiradi. 

Ushbu bellashuvga qadar terma jamoamiz Eron bilan 1998 yilgi Osiyo o'yinlari, 2007 yilgi Osiyo kubogida va JCH-2014 saralash bosqichining birinchi turida o'zaro to'qnash kelgan va birortasida ijobiy natijaga erishmagandi. Ushbu bahsdan so'ng biz boshqa eronliklar darvozasiga yo'l topa olmadik. Samvel Babayan ustozlik qilgan JCH-2018 saralashida Eron bilan ikki bor o'ynab hattoki darvozaga biror aniq zarba bera olmaganmiz. Toshkentda 0:1, mehmonda 0:2 hisobida qimmatli ochkolarni ulashganmiz. Lekin, bu ishni Abramov va Qosimov juda yaxshi uddalagandi. Garchi, Abramovning jamoasi imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsada Keyrush shogirdlarini ancha qiynab qo'ygandi. Qosimov esa safarda muhtasham “Ozodi”da Eronni mag'lubiyatga uchrata olgan murabbiy sifatida tarixdan joy oldi. Bakaev esa hozircha g'alaba olib kelgan yagona gol va futbolchi bo'lib turibdi. Darvoqe, shu kuni uchrashuvni taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev maromiga etkazib sharhlagandi. Toshkentda kechgan bahsda Srechko Katanec shogirdlari forslar bilan bemalol o'ynash mumkinligini isbotlagandi. Umid qilamizki, ertaga ular "Ozodi"da g'alabani tantana qilishadi. 

Jahon chempionati-2014. Saralash bosqichi. 6-tur

Eron – O'zbekiston 0:1 (0:0, 0:1)

14.11.2012. Tehron(Eron). “Ozodi” stadioni

Bosh hakam: Ali Xamad Al-Badvaviy (BAA)

Gol: Ulug'bek Bakaev (71)

O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 4. Artyom Filiposyan, 23. Akmal SHorahmedov, 7. Aziz Haydarov, 8. Server Jeparov, 14. Fozil Musaev, 17. Sanjar Tursunov (22. Islom Inomov, 90+2), 22. SHohruh Gadoev (13. Oleg Zoteev,65), 10. Ulug'bek Bakaev (15. Aleksandr Geynrix, 85)

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика