Ernesto Valverde: “Bizga Messi etishmaydi”
21 okt 2018 08:09
Yangiliklar


Ernesto Valverde: “Bizga Messi etishmaydi”
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Sevilya” bilan bo'lib o'tgan o'yin (4:2) haqida fikr bildirdi.
“Messining jarohati ko'ngilni xira qildi. O'ylaymizki, u kutilganidan ham tezroq safimizga qaytadi. U “El Klassiko”da bizga etishmaydi. Lekin taqdirga tan berish ham kerak. Zaxiramizda yaxshi saviyadagi futbolchilar etarli.
O'yinning o'ziga to'xtaladigan bo'lsam, biz uchrashuvda yana ham yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo, o'yinning so'nggi daqiqalarida xotirjamlikka berildik va buning natijasida ikkita to'p o'tkazib yubordik”, - dedi Valverde.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar