Ermatov oliy liga-2015 da “Nasaf” ishtirokidagi 3-bahsni boshqaradi
07 avg 2015 11:21
Yangiliklar


Ermatov oliy liga-2015 da “Nasaf” ishtirokidagi 3-bahsni boshqaradi
Unga qanotlarda Abduhamid Rasulov va Jahongir Saidov ko'maklashishadi. O'rinbosarlar uchrashuvi bosh hakami va asosiy tarkib bahsida zaxira xakami vazifasini nukuslik Ishoq Ibragimov bajaradi.
O'yin nazoratchisi urganchlik Bulat Galeev, Ahrol Inoyatov PFL vakili sifatida Qarshiga tashrif buyuradi.
Takidlash joizki, joriy mavsumda Ravshan Ermatov va uning brigadasi “Nasaf” ishtirokida hozirgacha ikkita o'yinni boshqardi. Dastlab Farg'onada (“Neftchi” – “Nasaf” 0:1) so'ngra jamoamizning Toshkentda (“Paxtakor” – “Nasaf” 3:1) o'tkazgan uchrashuvlarini boshqargan FIFA hakami Oliy liga-2015 da ilk marta Qarshida “Nasaf” ishtirokidagi bahsga tayinlandi.
Oliy liga, 17-tur. 08.08.2015.
“Nasaf” (Qarshi) – “Olmaliq” (Olmaliq)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Tashkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar