Ermatov brigadasiga oltin medallar berilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
18 iyu 2014 17:28
Yangiliklar


Ermatov brigadasiga oltin medallar berilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov brigadasiga FIFA tomonidan medallar berilganligi haqidagi xabarlar, medalning oltinligi aytilgani holda turli OAVda boshqacha talqin qilingan.
FIFA, haqiqatan ham, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga Jahon chempionati medalini bergan. Jahon chempionati bahslarida hakamlik qilgan FIFA referisi Ravshan Ermatovning O'FF matbuot xizmatiga xabar berishicha, bu suvenir Jahon chempionatida hakamlik qilish huquqini qo'lgan kiritgan barcha hakamlarga Jahon chempionatidagi ishtiroki uchun esdalik sifatida beriladi. Mazkur suvenirning final uchrashuvi hakamlariga beriladigan medalga umuman aloqasi yo'q.
Jahon chempionati finalini boshqargan hakamlar brigadasi esa alohida oltin medallar beriladi.
Jahon chempionati finalini boshqargan hakamlar brigadasi esa alohida oltin medallar beriladi.

Fikrlar