Erling Xoland: "22 yoshimda trebl yutdim, Gvardiola meni eng zo'ri qilishga harakat qilmoqda"
01 sen 2023 09:55
Yangiliklar
Erling Xoland: "22 yoshimda trebl yutdim, Gvardiola meni eng zo'ri qilishga harakat qilmoqda"
Erling Xoland ortda qolgan mavsum haqida fikrlarini bildirdi.
U UEFA talqiniga ko'ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
"Yoqimli hislar. Men 22 yoshda trebl yutdim. Orzuimga erishdim, men bolaligimda buni orzu qilardim.
Jamoadoshlarim bilan birga maqsadga erishish ajoyib. Men baxtliman. Bu meni yanada ko'proq ishlashga va yangi sovrinlar yutishga motivaciya beradi.
Bazida otam yoki murabbiyimiz hissiyotlarga berilib ketishadi. Odamlar menga baqirib, nimanidir o'rgatmoqchi bo'lishlari menga yoqadi. Gvardiola meni eng zo'ri qilishga harakat qilmoqda", - dedi Xoland.
Fikrlar