So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Erkin Boydullaev 3 million, "Labsa"ning ikki murabbiyi jami 10 million so'm jarima to'laydi Yangiliklar

Erkin Boydullaev 3 million, "Labsa"ning ikki murabbiyi jami 10 million so'm jarima to'laydi

Tartib-intizom Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Superliga

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” klubi futbolchisi E. Boydullaev 1ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 3 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

PRO-Liga

“Mashal” – “SHo'rtan” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Mashal” klubi futbolchisi V. SHodiev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“SHerdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Labsa” klubi futbolchisi J. SHodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga yarim million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” jamoasi bosh direktori SH. Jo'raev 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, SH. Jo'raevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko'rilishi belgilab qo'yildi.

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida hakamlar shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi.  Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko'rilishi belgilab qo'yildi.

Futzal

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so'zlar bilan haqorat qilgan “Navbahor” jamoasi azosi I. Jo'raev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvida raqib jamoa o'yinchisi I. Jo'raevning yuziga tarsaki tushirgan “Qo'qon-1912” jamoasi azosi A. Ziyaev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

Ayollar futboli


“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi M.  Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика