So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

Erkin Boydullaev: "Muxlislarning daldasi bizga juda qo'l keldi" Yangiliklar

Erkin Boydullaev: "Muxlislarning daldasi bizga juda qo'l keldi"

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha mamlakat Kubogining yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Qarshidagi "Markaziy" stadionda kechgan "Nasaf" - "Paxtakor" o'yinida mezbonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Ajdarlar"ning ushbu muvaffaqiyatiga sezilarli hissa qo'sha olgan Erkin Boydullaev uchrashuvdan so'ng, championat.asia saytiga blic-intervyu berdi.

- Erkin aka, avvalo jamoangizning Kubokda ketma-ket uchinchi bor finalga yo'l olgani bilan tabriklayman. O'yin xususida qisqacha fikrlaringizni bilmoqchi edik.
- Tabrik uchun rahmat. O'yin jamoamiz uchun ajoyib o'tdi. G'alabaga osonlikcha erishdik deya olmayman. Stadionga kelgan ishqibozlar har bir bo'limda bittadan gol ko'rishdi. O'ylaymanki, uchrashuv ko'pchilikka yoqdi.

- Uchrashuvning asosiy bo'limlarida ikkita to'p kiritib, g'alaba qozonishinglarga shaxsan siz qanchalik ishongan endingiz?
- O'yindan oldin barchamiz faqat g'alaba haqida o'ylagandik. Buning uchun jamoaning barcha azosi qo'ldan kelganicha harakat qildi va jamoaviy yutuqni qo'lga kiritdik.

- "Paxtakor"ning o'yini qanday taassurot qoldirdi?

- Bu jamoa tabiiyki Qarshidan ijobiy natija bilan qaytish ilinjida o'ynadi. Ammo bizning ham oldimizdagi vazifa finalga yo'l olishdan iborat edi. SHu bois ustunlikni qo'lga olishga harakat qildik. Boz ustiga minglab muxlislarimizni quvontirishimiz shart edi. Aslida "Paxtakor"ni bundan ham yirik hisobda yutishimiz mumkin edi. Gol urish uchun ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Ushbu muvaffaqiyatimizga ashaddiy ishqibozlarimizning daldasi muhim bo'ldi. Boisi tribuna deyarli to'ldi. Bu esa har qanday futbolchining ruhiy tomondan kayfiyatini ko'tarib yuboradi, zavq bag'ishlaydi. SHu o'rinda stadionga kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan minglab fanatlarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика