Erkin Baxtiyorov "Paxtakor" - "Metallurg" o'yinidagi yordamchi hakam haqida: "U Superliganing 2 ta tur uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi"
22 apr 2021 17:44
Yangiliklar
Erkin Baxtiyorov "Paxtakor" - "Metallurg" o'yinidagi yordamchi hakam haqida: "U Superliganing 2 ta tur uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi"
"Ha, yordamchi hakam jazolandi. Bu narsa OAVda oshkor qilinmadi, lekin bu narsaning yashiradigan joyi ham yo'q. U Superliganing 2 ta tur uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi va bu muddat o'tguncha u hech qaerda hakamlik qilmaydi. Superligada 2 ta tur o'tganidan so'ng u hakam Birinchi ligadan boshlab hakamlik qilishni boshlaydi. Kimlargadir bu muddat kam tuyulishi mumkin. Lekin vaqt nuqtai nazaridan o'lchab qaralsa, har haftada bittadan tur bo'lsa ham bu 1 oy muddat degani. 1 oy yoki 40 kun muddatga ham borishi mumkin. SHundan so'ng Birinchi liga, o'zini yaxshi ko'rsata olsa Pro ligada ham ishlashi mumkin", — deydi Erkin Baxtiyorov.
Malumot uchun, o'sha o'yindagi yordamchi hakam Daler Tilloev 1-bo'limning 23-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisi Sardor Rashidovga to'p uzatilayotgan vaqtda hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligini ko'rmay qolgan va yakunda hujum gol bilan tugagan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar