Eriksen "Inter" bazasiga tashrif buyurdi
04 avg 2021 19:25
Yangiliklar
Eriksen "Inter" bazasiga tashrif buyurdi
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen bugun jamoaning mashg'ulot bazasiga tashrif buyurdi.
Daniyalik futbolchi "neradzurrlar" rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va xodimlar bilan uchrashdi.
Xabarda qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda hamda jismoniy va ruhiy jihatdan mukammal darajada.
Eslatib o'tamiz, Daniya va Finlyandiya o'rtasidagi Evro-2020 o'yini davomida Eriksenning yuragi to'xtab qolgandi.
Avvalroq yarim himoyachining A Seriyada ishtirok eta olmasligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar