Erik ten Xag: "Tanaffusda uch o'zgarish qildim, biroq butun jamoani o'zgartirishni istagandim"
14 avg 2022 17:35
Yangiliklar


Erik ten Xag: "Tanaffusda uch o'zgarish qildim, biroq butun jamoani o'zgartirishni istagandim"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Brentford"ga qarshi o'yinda Lisandro Martinesning o'zgartirilishi haqida gapirdi.
Uchrashuvning tanaffusi vaqtida Martines o'rniga Varan maydonga tushdi. SHuningdek, Lyuk SHou hamda Fredning o'rniga Tirell Malasia hamda Skott Maktomini o'yinga qo'shildi.
"Tanaffusda uch futbolchini o'zgartirdim, biroq butun jamoani almashtirish kerak edi. O'yinga kuch qo'shishni istadik. Gap aynan kimni o'zgartirganimizda emas. Bu futbolchilarga bo'lgan yomon munosabat bo'lib qolishi ham mumkin.
Barcha futbolchilar meniki, barchamiz birgamiz. Qiyin holatda turibmiz, shu sababli birlashishimiz kerak. Yaxshi resurslar topib, qaror chiqarish kerak", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar