Erik ten Xag: "Brununing sardorlik hislatlariga shubha bilan qarayotganlarni tushuna olmayapman. U asosiy o'yinchilardan biri" Yangiliklar

Erik ten Xag: "Brununing sardorlik hislatlariga shubha bilan qarayotganlarni tushuna olmayapman. U asosiy o'yinchilardan biri"

MYUning so'nggi o'yinlaridan so'ng jamoa sardori Brunu Fernandesh tanqid qilinib kelinayotgandi.

"Man Yunayted" ustozi Erik ten Xag Fernandeshning "Fulxem"ga qarshi uchrashuv so'nggidagi g'alaba golidan so'ng, u haqida gapirib o'tdi. 

"Brununing sardorlik hislatlariga shubha bilan qarayotganlarni tushuna olmayapman. U asosiy o'yinchilardan biri. Biz uchun hal qiluvchi rollarni bajaradi.

Hammada ham xato bo'ladi. Hech kim mukammal emas. Fernandesh biz uchun juda muhim o'yinchi", -deydi Erik ten Xag.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика