So’nggi yangiliklar

22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  0 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  0 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  13

Epik seriya: Zaza va Messi dramasi Yangiliklar

Epik seriya: Zaza va Messi dramasi

Tan olish kerak, futbolning eng ehtirosli lahzalari - penaltilar seriyasi betaraf muxlislar uchun tomosha va zavqning kulminacion nuqtasi sanaladi.

Biroq ikkinchi tomondan, bu tomosha futbolchi va murabbiylar, shuningdek, ishtirokchi jamoalar vakillari hamda fanatlari uchun misli ko'rilmagan asab sinovidir. Tushunarliki, asablar o'yini asosan yirik turnirlar, yanada aniqroq gapirsak, terma jamoalar ishtirokidagi jahon va qita chempionatlarida kuzatiladi. Zero, klublar miqyosidagi xalqaro turnirlar va milliy kubok musobaqalari pley-off raundlarida g'olib nomi ko'pincha 2ta o'yin yordamida aniqlanishi bois, ishning penaltilar seriyasiga etib borishi nisbatan qiyin. Mana, Evro-2016 ham shu, asablar o'yinidan xoli bo'lmadi. Ayniqsa, chorak final doirasidagi Germaniya - Italiya uchrashuvining yakuniy qismi futbolga befarq qaraydigan kishilarni ham teleekranlar oldiga tortgan bo'lsa, ajabmas. Axir g'olib jamoa nomini aniqlash uchun naq 18ta penaltiga ehtiyoj sezilishi har doim ham kuzatilavermaydi. SHu manoda aytsak, nemislar va italyanlar o'rtasidagi asablar o'yini yoxud lotereya tortish musobaqasi futbol tarixida terma jamoalar miqyosida bo'lgan 10ta eng dramatik seriya qatoriga kirishga munosib. Demak, penaltilar seriyasi tarixini titkilaymiz.

Evropa chempionati-76

CHexoslovakiya - GFR-2:2 (5:3)


Yirik xalqaro turnirlar tarixidagi dastlabki penaltilar seriyasi Evro-76ning hal qiluvchi o'yinida ro'y bergandi. CHexoslovakiya termasi Belgradda o'tkazilgan final bahsi davomida ikki marta hisobda oldinga chiqib oladi, biroq irodali nemislar har safar muvozanatni tiklash uddasidan chiqishadi. Natijada asosiy vaqtda kuchli tomon aniqlanmaydi - 2:2. Penaltilar seriyasida ham anchagacha tenglik saqlanib turadi - hech kim xato qilmaydi. Faqat, Germaniya termasidan 4-zarbani amalga oshirgan Uli Xyonessning asablari dosh bermay, osmonda uchib yurgan chumchuqlarni nishonga oladi, go'yo. Uning ortidan nuqtaga yaqinlashgan raqib azosi Antonin Panenka tarixga alohida muhrlangan zarbani ijro etadi. Nemislar golkiperi Zepp Mayer tabiiyki, to'p yo'nalishini topishga urinadi, biroq futbolchi o'ta makkorona oltin zarbasi bilan jamoasiga g'alaba keltirish barobarida o'z nomini tarix varaqlariga yozib qo'yadi. Hozirgacha to'pni darvoza tomon ohista tepishni Panenka usuli, deya tariflashadi.

Evropa chempionati-80

CHexoslovakiya - Italiya-1:1 (9:8)


CHexoslovakiya termasi oradan 4 yil o'tib, Evro-80da ham futbol lotereyasida qatnashishga majbur bo'ladi. O'shanda chex|slovaklar italyanlar bilan birga Evropa chempionati tarixidagi rekord ko'rsatkichni qayd etishgandi - penaltilar seriyasida jami 18ta zarba! Boz ustiga, bu natija Neapolda 3-o'rin uchun kechgan bahsda kuzatilgandi. Evro-80 guruh raundida har ikki jamoa 2-o'rin bilan kifoyalanadi va oltin medaldan umid uzadi. Biroq mezbonlar o'z muxlislari oldida loaqal bronza sohibi bo'lishni istashadi. Asosiy vaqtdagi 1:1 hisobi penaltilar seriyasida asablarni sinash lozimligini anglatardi. Raqiblar dastlabki 8tadan urinishni muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, keyin chexoslovakiyaliklar 9-penaltini ham bexato tepishgach, italiyalik Fulvio Kollovati nihoyat, xatoga yo'l qo'yib, mezbonlarning bronzaga qaratilgan umidlarini ham so'ndiradi.

Jahon chempionati-82

GFR - Franciya-3:3 (5:4)

GFR va Franciya terma jamoalari o'rtasida JCH-82 yarim finali doirasida bo'lib o'tgan o'yin haligacha futbol tarixidagi eng buyuk qarama-qarshiliklardan biri  sifatida tilga olinadi. Bunga asoslar etarli. Sevilya­da bo'lib o'tgan o'yin 6ta goldan tashqari, nemislar posboni Toni SHumaxer tomonidan francuzlar vakili Patrik Battistonga nisbatan ishlatilgan o'ta qo'pol harakat bilan ham esda qolgan. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 natijasi qayd etiladi, overtaymlarda esa dastlab Franciya termasi 2ta gol uradi. Ammo nemislar yana kuchli manonatlari o'laroq, hisobni 3:3ga aylantirishadi. Asablar o'yinida birinchi bo'lib nemislar xatoga yo'l qo'yishadi - Uli SHtilikening zarbasi ko'ngildagidek chiqmaydi. Biroq francuzlar uchun yovuz daho - SHumaxer o'z jamoasini finalga tortib chiqadi. U penaltilar seriyasida Dide Siks va Maksim Bossdan ustun kelgandi. Xullas, hisob bo'yicha 12-zarbani amalga oshirgan Xorst Xrubesh barchasiga nuqta qo'ygandi.

Afrika millatlar kubogi-92 va 2015

Kot-d~Ivuar - Gana-0:0 (11:10) va 0:0 (9:8)


Afrika kubogining 2ta finali Kot-d~Ivuar va Gana terma jamoalari ishtirokidagi penaltilar seriyasi bilan yakunlangan. Ularning har ikkisi top-ro'yxatga munosib. 1992 yili ivuarlik va ganaliklar Senegal poytaxti - Dakarda to'qnash kelishgan va o'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagandi. Penaltilar seriyasining dastlabki 5tadan zarbasida tomonlar 4tadan gol urishadi. Yakunda kubok kimga nasib etishiga oydinlik kiritish uchun umumiy hisobda naq 24ta zarba lozim bo'ladi. 24-urinishda Gana termasi himoyachisi Antoni Baffo xatoga yo'l qo'ygandi. Ekvatorial Gvineyada bo'lib o'tgan 2015 yilgi turnirning oxirgi uchrashuvida yana shu raqiblar yuzma-yuz kelishdi va bu safar ham 120 daqiqa davomida tablodagi 0:0ni o'zgartira olishmadi. 11 metr­li zarbalar seriyasi esa ivuarlik futbolchilar uchun o'ta omadsiz boshlandi - ular dastlabki 2ta zarbani ko'kka sovurishdi. Biroq ganaliklar hayajonlanganlaridanmi, 3-4-urinishlarda gol ura olishmadi. Natijada seriya yana ancha cho'zildi, to'g'ri, raqiblar bu safar 22ta zarba bilan cheklanishdi. Etiborlisi, yakunda bosh sovrin yana Kot-d~Ivuar termasi o'ljasiga aylandi. CHunonchi, 22-zarbani amalga oshirgan ganaliklar darvozaboni Brim Razzoq maqsadga erisholmadi.

Jahon chempionati-94

Italiya - Braziliya-0:0 (3:2)

AQSH mezbonligida o'tgan mundialda chempionni aniqlash uchun ilk marta penaltilar seriyasiga murojaat etishga to'g'ri kelgandi. Karlos Alberto Parreyra va Arrigo Sakki boshqargan jamoalarga 120 daqiqa davomida loaqal bitta gol urish nasib etmaydi. Asablar sinovida braziliyaliklardan birgina Marsio Santos xatoga yo'l qo'yadi, Romario, Branko va Dunga esa nuqtadan zarba yo'llashni qoyillatishadi. Bu vaqtda Skuadra Adzurra vakillari 5ta urinishdan 3tasini aniq amalga oshirolmagandilar. O'sha oqshom Franko Barezi, Daniele Massaro, shuningdek, Italiya termasi hujum chizig'i etakchisi Roberto Badjo omadsizlikka yuz tutishadi. Xususan, oxirgi zarbani bajargan sehrli dumcha to'pni shunday tepadiki, u ettinchi osmonga uchib ketadi.

Jahon chempionati-2006

Italiya - Franciya-1:1 (5:3)


Oradan 12 yil o'tib, Germaniyada o'tkazilgan jahon chempionati finalida yana bir marta penaltilar seriya­siga ehtiyoj sezildi. Etiborlisi, bu safar ham ishtirokchilardan biri Italiya termasi bo'ldi, faqat uning raqibi o'zgardi - Franciya milliy jamoasi. Berlindagi stadionga yig'ilgan muxlislar asosiy vaqtda Zayniddin Zidan (penaltidan) va Marko Materaccining gollarini, qo'shimcha bo'limlarda esa aynan shu ikkisi o'rtasidagi tryukni ko'rishdi. Buyuk Zizuning buyuk kalla qo'ygani, Materaccining maydonga cho'zilib qolgani va franciyaliklar ozchilik bo'lib qolishgani... Lotereya tortishda birgina David Trezege chiptasiga yutuq chiqmadi - uchranglilar hujumchisi betakror Janluiji Buffonni dog'da qoldirish uddasidan chiqmadi. Italiya termasi futbolchilari aksincha, barcha urinishni muvaffaqiyatli yakunlashdi, xususan, katta bosim ostida qolgan Materacci ham gol urishni epladi.

Yoshlar o'rtasidagi Evro-2007

Gollandiya - Angliya-1:1 (13:12)


2007 yili bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati yarim finalidan o'rin olgan Gollandiya - Angliya o'yinida penaltilar seriyasi davomiyligi bo'­yicha mutlaq rekord o'rnatildi. Turnir mezbonlari sanalgan gollandlar uchrashuv davomida uzoq vaqt hisobda orqada borishdi - 0:1, biroq 89-daqiqada muvozanatni tiklashdi. Qizig'i, o'sha turnirda inglizlarga Styuart Pirs ustozlik qilgan bo'lsa, jamoa delegaciyasi tarkibida Kris Uoddl ham bor edi. JCH-90 yarim finalidan keyingi penaltilar seriyasida aynan shu ikkisi xatoga yo'l qo'ygandi. Ular bu safar ham o'z jamoalariga omad keltirishmadi. Dastlabki 5tadan urinishda raqiblar 4tadan gol urishdi. Keyinchalik angliyaliklar yana ikki holatda qovun tushirishdi, biroq gollandlar barchasiga yakuniy nuqta qo'yish imkoniyatiga ega bo'la turib, bundan foydalana olishmadi. Nihoyat, 32-zarba mezbon jamoaga qimmatli g'alabani tortiq etdi va ular yakunda chempionlikni ham tantana qilishdi.

Jahon chempionati-2014

Braziliya - CHili-1:1 (3:2)

Braziliya termasi aslida oxirgi jahon chempionatida yarim finalga chiqmasligi va shuning barobarida nemislar bilan o'yinda kuzatilgan unutilmas sharmandalikka duch kelmasligi mumkin edi. CHunonchi, selesao 1|8 finaldayoq baquvvatgina CHili termasining kuchli qarshiligiga uchradi. Asosiy va qo'shimcha vaqtlar 1:1 hisobida xotima topdi. Penaltilar seriyasida esa futbolchilar 10 zarbadan yarmini omadsiz ijro etishdi - bunaqasi kamdan-kam holatda kuzatiladi. Avvaliga  chililik Maurisio Pinilya darvozabon Julio Sezar bilan duelda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, keyin braziliyalik Villian va raqib vakili Aleksis Sanches navbati bilan xato tepishdi. Seriya davomida braziliyaliklardan Xalk ham CHili termasi kiperi Klaudio Bravoni alday olmadi, hal qiluvchi xato esa bechora Gonsalo Xara hisobiga yozildi. OAV xabariga ko'ra, asablar o'yini chog'i mezbon jamoa­ning ayrim muxlislari hayajon bosimidan hattoki, infarktni boshdan kechirishgan. Achinarlisi, ularning ayrimlari shifokorlarning say-harakatlariga qaramay, hayotdan ko'z yumishgan.

Janubiy Amerika kubogi-2016

Argentina - CHili-0:0 (2:4)


Muxlislar bu yil yozda birdaniga 2ta esda qoladigan penaltilar seriyasiga guvoh bo'lishdi. Kopa Amerika finalida Argentina va CHili termalari to'qnash kelishdi va bu o'yin Leo Messining milliy jamoadagi faoliyatiga katta dog' tushirdi. Raqiblar 120 daqiqa davomida bir-birlarini ranjitish uddasidan chiqishmadi. Penaltilar seriyasi esa chililik Arturo Vidalning xatosi bilan boshlanib, Messining omadsizligi bilan davom etdi va Lukas Bilya tomonidan amalga oshirilgan samarasiz urinish bilan yakunlandi. Natijada Messi va Argentina termasi yirik turnirni yana boy berdi hamda futbolchi milliy jamoa libosini qayta kiymasligini aytdi. Etiborlisi, avvalgi Amerika kubogi finalida ham aynan argentinaliklar va chililiklar o'zaro to'qnash kelishgandi. Eng qizig'i, o'shanda ham 0:0 ko'rinishidagi yakundan so'ng penaltilar seriyasiga murojaat qilingan va kubok CHili termasi mulkiga aylangan edi. To'g'ri, unda Messi nuqtadan gol urgan, ammo ikki jamoadoshi pand bergandi.

Evropa chempionati-2016

Germaniya - Italiya-1:1 (6:5)


Evro-2016ning erta kelgan finali - 1:1 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasiga ulangan Germaniya - Italiya o'yiniga shunday tarif berishdi. Axir 11 metrli zarbalar seriyasida zamonamizning ikki buyuk golkipe­ri - Manuel Noyer va Janluiji Buffonning o'zaro raqobati ham kuzatildi. Jarayon scenariysi aql bovar qilmas darajada rivojlandi. Hammasi Skuadra Adzurra hujumchisi Simone Zaza yuz tutgan kichik fojia bilan boshlandi - u to'pni shunchaki, noto'g'ri tepdi. Keyinchalik Tomas Myuller va Mesut Ozil xatoga yo'l qo'yishgach, ustunlik italyanlar tomoniga og'di. Biroq oldinda Graciano Pelle va Leonardo Bonuchchini ham omadsizlik kutib turgan ekan. Agar Bastian SHvanshtayger o'z urinishida gol urganida, hammasi 10ta zarba bilan yakunlanardi, biroq tajribali nemisning asablari dosh berolmadi. Qizig'i, keyinchalik birinchi beshtalik ro'yxatiga kirmagan futbolchilar ikki buyuk kiperni birin-ketin dog'da qoldira boshlashdi, bu holat Manuel Noyer 17-zarbani amalga oshirgan Matteo Darmiandan ustun kelgunicha davom etdi. Xullas, Noyer 2ta zarba yo'lini to'sdi, Buffon esa bittasini. Italiya termasining afsonaviy golkiperi Yonas Xektorning zarbasidan keyin ham seyv namoyish etishga juda-juda yaqin keldi, biroq ozgina omadi yurishmadi. Xullas, dramatik yakun...

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика