Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
22 dek 2022 20:44
Yangiliklar
Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Braziliya futbol federaciyasi terma jamoaning Qatarda bo'lib o'tgan 2022 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng bosh murabbiylikka xorijlik nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu lavozimga "CHelsi" va PSJ sobiq ustozi Tomas Tuxel, Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan va argentinalik Marselo Gallardo nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 8 dekabr kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jahon chempionatining 1/8 finalida Marokashga mag'lub bo'lgach, istefoga chiqishini malum qilgandi.
Fikrlar