So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

Engilmas "Nasaf". Berdievning mag'lubiyatsiz seriyasini bilasizmi? Yangiliklar

Engilmas "Nasaf". Berdievning mag'lubiyatsiz seriyasini bilasizmi?

Bugun Qarshidagi "Markaziy" o'yingoh "Nasaf" va "Mohun Bagan" klublari o'rtasidagi to'qnashuvga mezbonlik qiladi.

Nasaf Qarshi

AFC Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

22/09/2021, 21:00

0
:
6
Tugadi

Mohun Bagan SG

45'
90'

33-o'yin

Mazkur bahs "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev uchun xalqaro maydondagi 33-o'yinga aylanadi (murabbiy sifatida). "Ajdarlar" Berdiev boshchiligidan o'tkazilgan 32 o'yinni 12 tasida zafar quchishni uddalagan (6 durang, 14 mag'lubiyat). To'plar nisbati — 39:43 (-4). Malumot uchun, 32 o'yinning 28 tasi Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida o'tgan.  

Ro'ziqul Sadullaevich qo'l ostidagi jamoaning xalqaro maydondagi eng yirik g'alabasi 2018 yilning 30 yanvarida qo'lga kiritilgan. O'shanda OCHL saralashining 3-bosqichida Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasi taslim qilingan edi — 5:1.

SHuningdek, "Nasaf" OFK kubogining joriy mavsumida "Oloy" (Qirg'iziston) jamoasi darvozasiga ham javobsiz 4 ta gol urildi.

Berdievning xalqaro maydondagi eng yirik mag'lubiyati esa 2014 yil OCHL saralashining 2-bosqichida ro'y bergan. Qatarda o'tgan o'yinda Nabil Malul boshchiligidagi "Al Jaish" 5:1 hisobida zafar quchgan.

SHuningdek, 2018 yilning martida Xavisi bor "Al Sadd" Dohada "Nasaf" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan edi.

Mag'lubiyatsiz seriya

Quvonarlisi, Qarshi klubi 2018 yilning mart oyidan beri xalqaro maydonda engilgani yo'q. So'nggi 6 o'yinning 5 tasi "Nasaf" foydasiga hal bo'lgan, 1 ta durang ("Persepolis" bilan).

Oxirgi mag'lubiyat bundan 3 yil avval Dohada qabul qilib olingan edi:

Osiyo chempionlar ligasi. C guruh, 4-tur

"As-Sadd" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston) 4:0

Gollar: 1:0 - 3 Xavi, 2:0 - 15 Abdulkarim Hasan, 3:0 - 43 Bag'dod Bunedja, 4:0 - 70 Jugurta Hamrun.

“As-Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan CHeran (20.Islom Kenjaboev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Jasur Hasanov 45.

Umid qilamizki, "ajdarlar"ning 6 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi bugun ham davom etadi.

OFK Kubogidagi so'nggi mag'lubiyat

"Nasaf" joriy mavsum OFK kubogidagi o'yinlarning barchasida zafar quchayotganidan xabaringiz bor. "Ajdarlar"ning turnirdagi so'nggi mag'lubiyati 2011 yilning 27 sentyabrida qayd etilgan. O'shanda Tailandning "CHonburi" jamoasi Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda 1:0 hisobida g'olib bo'lgan (chorak final). Biroq, dastlabki uchrashuvda "Nasaf" xuddi shu hisobda yutgani bois tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishgan va yakunda hamyurtlarimizning qo'li baland kelgan edi.

SHundan keyin o'tkazilgan 7 o'yinning 6tasida "Nasaf"ning qo'li baland keldi (1 durang). To'plar nisbati — 16:4 (+12).

"Nasaf" — "Mohun Bagan". Eng qimmat futbolchilarni bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика