So’nggi yangiliklar

14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  1 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  5 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  47

Eng yaxshi murabbiy, eng yomon haydovchi. Gvardiola urishga ulgurgan 4 qimmatbaho mashina Yangiliklar

Eng yaxshi murabbiy, eng yomon haydovchi. Gvardiola urishga ulgurgan 4 qimmatbaho mashina

Har bir insonning o'zgacha qobiliyati bo'ladi, kimlardir futbol taktikasining qiroli bo'lishi mumkin, ayrimlar esa juda ham omadli bo'lishadi.

Yaqindigina APLda chempionlikni qo'lga kiritgan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp intervyularidan birida zamonamizning eng kuchli murabbiyi sifatida Pep Gvardiolani etirof etgandi. Germaniyalik mutaxassis Pepning taktikasini juda ajoyib tarzda maqtab o'tgandi.

Hayotning bir qonuni bor: ideal insonning o'zi yo'q. Inson har taraflama yuqori karomatlar ko'rsata olmaydi. Taktikalar qiroli Gvardiolaning minus tomoni - u yomon haydovchi.

"Pepning "Siti"si: superjamoaning yaratilishi" kitobi mualliflari Pol Balus hamda Li Martin bu haqida to'xtalib o'tgan: "Pep hozirda qora Mercedes haydamoqda. Ammo u yaxshi haydovchi emas. Uning shunday ahmoqona odati bor. Ko'p mashina almashtiradi".

Qizig'i shundaki, OAV ham "Manchester Siti"ga kelguniga qadar uning haydovchilik mahorati haqida gapirmagandi. Keyinchalik hammasi boshlandi: yo'l transport hodisasi bo'ldi, Pep aybdor. Mashinalar to'qnashib ketdi, Pep aybdor... Dastlabki holat 2015 yilda Myunxenda sodir bo'lgan. O'shanda Gvardiola boshqaruvidagi "Audi RS6" to'g'ri yo'lda "Wolkswagen Polo" bilan to'qnashib ketgan. O'shanda nemis matbuoti Pep o'z vaqtida tormozni bosmaganini va shu sababli mashina qarama-qarshi yo'nalishga o'tib ketganini aytishgandi (balki o'shanda Pep ECHL doirasida "SHaxtyor"ga (7:0) qarshi o'yin uchun taktikani tuzib ketayotgan bo'lgandir).

"To'qnashuvdan keyin haydovchilar mashinadan tushib, buning qanchalik darajada jiddiy bo'lganini tomosha qilishadi. Gvardiola esa bu narsalar uning imijiga jiddiy tasir qilmasligi uchun ishni policiyagacha olib bormay, shu erning o'zida hal qilishga intilardi. Suhbat yakunida ular baribir kelishib olishardi", - degandi bir guvoh. Uning aytishiga ko'ra, shunday pallalarda ko'plab insonlar Pep bilan selfi tushishgan. Gvardiola tabiatan rasmga tushishni yaxshi ko'radigan inson va bundan qaytmagan.

Biroq "tumanli albion"ga kelganidan keyin Gvardiolada muammolar paydo bo'la boshladi. 4 yilga yaqin vaqt mobaynida uning 4 mashinasi chiqitga chiqib ketdi. Ularning barchasi YTH oqibatida keraksiz buyumga aylanib qolayotgandi. Ammo Angliyada matbuotning tili shafqatsiz hisoblanadi. Gvardioladan "barcha mashinalar qo'rqadi", buni uning bakni benzinga to'ldirishi kerak bo'lgan "Range Rover"ga, dizel quydirib yuborgani bilan izohlay olamiz.

"Pep ko'p narsalarda birinchi raqamli inson, biroq mashina boshqarish u uchun emas. Mashina uning boshqaruvida bo'lsa, Manchesterda yo'l-transport hodisalari doim bo'ladi, deb yozadi "The Sun". 4 yil davomida u salkam yarim million (460 ming) funtlik mashinalarni urib yuborgan. Ularning eng arzoni 30 ming funtlik "Mini Cooper" bo'lgandi.

Undan tashqari ispaniyalik "haydovchi" ikki mashinaning o'rtasidan o'tmoqchi bo'lib, "Mercedes GLE"ning yon oynalarini sindirgan. Qizig'i, u mashinani tamirlatib, taxminan bir oylardan keyin uni yana bir marta urib yuborgan.

150 minglik "Range Rover" esa boshqacha yo'l bilan keraksiz matohga aylandi. Pep dizelda yuradigan mashinaga benzin quydirgan. SHu sababli mashinaning issiqlik nasosi yorilib ketgan, Pep uni ustaxonaga olib borgan, tamirdan keyin bu mashinani haydashdan qo'rqqan.

Pepning mashinalari qimmatlashib bordi. U 200 ming funtlik kumushrang "Bentley GTX700" mashinani sotib oldi.

Qizig'i shundaki, internetda Pep urib yuborgan mashinalarning rasmlari yo'q. Uning bu boradagi reputaciyasi futbolda qilayotgan ishlarining soyasida qolib ketadi. Odamlarga u urib yuborgan mashinalar emas, jamoasining o'yinlari nisbatan qiziqroq ko'rinadi.

Pepning yaxshi haydovchi emasligini bilgan "Nissan" kompaniyasi vakillari ayyorlik yo'liga o'tdi va mutaxassisga "LEAF" modelidagi elektromobilni taqdim qilishdi. Bu ham murabbiy uchun foydali, ichida datchiklari ko'pligi haydovchiga qaerlardan yurish yaxshiroq ekanligini aytib turadi. Ham bu "Nissan" uchun ham foydali, yani, tekin reklama.

Ammo ochig'ini aytganda Pepning yuzi reklamalar uchun mos tushmaydi va shu sababli u reklama tashkilotlari bilan hamkorlik qilmaydi. Ammo Pepning jamoasi ko'pchilik uchun enciklopediya uchun kerak bo'ladi. Odam bir vaqtning o'zida har tomonlama mukammal bo'lsa, unga hayotning qizig'i qolmaydi. SHunday mayda kamchiliklar esa hayotni go'zallashtiraveradi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика