So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  5 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

Eng katta tavakkal - tavakkal qilmaslik (tahlil) Yangiliklar

Eng katta tavakkal - tavakkal qilmaslik (tahlil)

Evro-2020 start oldi.

Musobaqaning ochilish o'yinida Italiya Turkiyani "yanchib tashladi".  Bu "Skuadra Adzurra"ning haddan ortiq kuchli ekani tufayli sodir bo'ldimi yoki "Anadolu arslonlari"ning kuchsizligi tufayli?

Roberto Manchinining Italiyasi saralashda barchadan yaxshiroq natija qayd etdi. 2018 yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti, joriy yilda birorta ham gol o'tkazib yubormadi. SHunchaki, super! "Moviy gvardiya"ning kuchini barcha bilardi. Faqat SHenol Gyunesh bu haqda haddan ortiq o'ylab yuborgan shekilli, uning shogirdlari o'yinga mag'lub kayfiyatida chiqishdi. Ochig'i, bu jamoani umuman tanib bo'lmadi.

Italiyaning modern futboli "katenachcho"dan ancha farq qilishi, hujumlarga asoslangani ortiq hammaga malum. Ammo, kecha turklar italyancha uslubni tanladi. Himoyada "yotib", o'z vaziyatini kutish va undan foydalanish... Biroq, Gyunesh maydon markazida Jorjinoni "zanjirband" qilolmadi. Italiyaning oldingi o'yinlarini kuzatganlar biladiki, "CHelsi" xavbekini yopa olmasangiz, 4-5 nafar futbolchini yopishga majbur bo'lasiz. Kecha ham shunday bo'ldi. Italiya go'yo 11 emas, 16 kishi bo'lib o'ynayotgandek. Bunda asosiy aybdor tayanch yarim himoyachilari Okay Yokushlu hamda O'zan To'fon hisoblanadi. Aynan ular maydon markazini ochiqdan ochiq raqibga topshirishdi. 

Turkiya tanaffusga qadar o'z maqsadiga erishgandek tuyuldi. Ha, jamoa gol o'tkazib yubormadi. Maqsad 2-taymda asabiylasha boshlaydigan italyanlar darvozasi oldida o'z vaziyatlarini yuzaga keltirib, ulardan foydalanish va 3 ochko olib ketish edi. SHenol Gyunesh shu tufayli ham tanaffusdan keyin tezkor Jengiz Underni maydonga chiqardi. Ammo, turklar 1-bo'limlayoq o'yinni yutqazib bo'lishgan edi. Futbolchilar raqibning vajohatini ko'rib, ruhan sinib qolishdi.

SHu yuzdan Kellini turklar jarima maydonchasigacha kelib, zarba berayotgan bir paytda Franciya chempionatining oxirgi mavsumida fenomenal o'yin ko'rsatgan Burak Yilmaz Donnarumma bilan uchrashishni orzu qilib o'tirgandi. Ruhiy zo'riqishlar 2-bo'limda bo'y ko'rsatdi va 3 bor salbiy natijasini berdi. Gyunesh aslida o'yin kartinasini o'zgartirishni istasa, Underni emas, tayanch yarim himoyasida o'ynaydigan yana kimnidir maydonga chiqarib, markazni egallashga harakat qilishi kerak edi. 

Bir tomondan bu variant o'yindan oldin rejada bo'lmagan bo'lishi ham mumkin. Yani, Italiyaning dahshatli starti Turkiyani o'z yarim maydoniga qamagandir. Ha, bu Italiyani yutish imkonsiz edi. Ammo, Gyuneshning mudofaada o'ynash taktikasi ham to'g'ri emasligini yakuniy natija isbotladi. U maydon markazini boy bergani tufayli sharmandalarcha yutqazdi.  

P.s.: To'g'ri, kechagi Italiyaga qarshi oldinga o'tish tavakkal bo'lardi. Ammo, umuman tavakkal qilmaslik mutlaq xato bo'ldi.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика