So’nggi yangiliklar

14:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  0 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  1 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1

"Energetik-BGUning maqsadi chempionlik emas, futbolchilarni kuchli jamoalarga etkazib berish" - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu Yangiliklar

"Energetik-BGUning maqsadi chempionlik emas, futbolchilarni kuchli jamoalarga etkazib berish" - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu

Xabaringiz bor, yaqinda Belarus chempionati bahslariga yakun yasaldi.

Doniyor Abdumannopov, SHahzod Ubaydullaev, Bobir Abdixoliqov to'p tepayotgan "Energetik-BGU" mavsum yakunlariga ko'ra 16ta jamoa orasida 13 o'rinni egalladi. Garchi natija yaxshi bo'lmasada, jamoa hamyurtlarimiz uchun yaxshigina o'sishiga xizmat qilmoqda, deya olamiz. Ushbu so'zlarimizga Bobir Abdixoliqov ham qo'shilgan holda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Belarus chempionatidagi faoliyatimga kelsak, bilasiz Ukrainaning "Ruh" klubidan "Energetik-BGU"ga kelib qo'shildim. Buning sababi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish. Optimal formaga kirib olishim uchun ham ushbu tanlovda to'xtaldim. Jamoada futbolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar yuqori saviyada",- deya gap boshladi hujumchi. 

- Aleksandr Belyavskiy saytimizga bergan intervyusida jamoada 8 nafarga yaqin murabbiy faoliyat olib borishi va ular o'yinchilarning holati bo'yicha ishlashlarini takidlagandi...

- To'g'ri. Masalan hujumchilar bilan futbolchilik faoliyatida "SHeffild Yunayted"da to'p tepgan murabbiy alohida ish olib bordi. Har bir xatoni tushuntirdi, mayda detallargacha etibor berdi. Mashg'ulotmi yoki o'yinmi kamchiliklarimizni aytdi. Menimcha jamoalarda hujumchilar bilan alohida murabbiylar ishlashi kerak. Bu forvardlarning o'sishi uchun katta foyda beradi. 

- "Energetik-BGU"da jismoniy holatingizni qay darajada tiklay oldingiz? Bir yil avvalgi bilan solishtirganda bu borada o'zingizda qanday o'zgarish sezdingiz?

- Klubda jismoniy holatni yaxshilashga ko'proq etibor berilar ekan. Mashg'ulotlarda yuklamalar ko'p beriladi. Masalan O'zbekiston chempionatida faqat mavsum boshidagi tiklanish jarayonida yugursak, Belarus chempionatida har bir o'yindan oldin yuguramiz. Mahsus reja asosida amalga oshiriladi. Menimcha asta-sekin o'zgarish bo'lyapti. 

- Joriy yilda jamoa turnir jadvalida pastki o'rinni egalladi. Lekin bilamiz jamoa ko'p futbolchilarning yuqori darajaga olib chiqib, kuchli klublarga qo'yib yubormoqda...

- To'g'ri aytdingiz. Asosiy vazifa futbolchining jismoniy holatini yuqori darajaga olib chiqish. Agarda jismoniy holat yaxshi bo'lsa, boshqa kuchli jamoalarda o'zini ko'rsatishi osonroq kechadi. Oxirgi yarim yilda jismoniy imkoniyatimni yuqoriga olib chiqish ustida ko'poq ishladim, desam to'g'ri bo'ladi. CHunki Evropada to'p tepish katta kuchni talab qiladi. Yuqorida takidladim "Energetik-BGU"da buning ustida ko'p ishladik. O'ylaymanki, kelgusida hammasi yaxshi bo'ladi.

- Keyingi rejalaringiz qanday? 

- O'ylab ko'rib bir qarorga kelamiz. CHunki "Energetik-BGU"da ijarada o'ynadim. Men shu yo'lni tanladim. O'ylaymanki, men bu qiyinchiliklarni engib o'taman. Futbolda qiyinchiliksiz biror narsaga erishib bo'lmaydi. 

 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика