So’nggi yangiliklar

18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  0 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" mag'lubiyatga uchradi, Iminov va Umarov asosiy tarkibda maydonga tushdi Yangiliklar

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" mag'lubiyatga uchradi, Iminov va Umarov asosiy tarkibda maydonga tushdi

"Energetik-BGU" hamda "Sluck" o'rtasidagi Belarus chempionatining 23-tur uchrashuvi voqealarini ushbu sahifada kuzatib boring.

"Energetik-BGU" - "Sluck" 0:2

Gollar: Sasin 58, 70.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sovpel bosh bilan "Sluck" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq bu safar ham Branovec seyv ijro etdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBAAA! Yudchidcning juda kuchli zarbasidan so'ng "Sluck" posboni qiyinchilik bilan to'pni qaytarib qoldi.

86. "Energetik" raqib jarima maydonchasi oldida standart vaziyatga ega bo'ldi. Umarovni yiqitishgani uchun hakam xushtagini chaldi.

84. Umarovning uzatmasidan so'ng Nosko darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

77. Hisob 0:3 ko'rinishiga kelishi mumkin edi, ammo Sasinning uzatmasini Serdyuk golga aylantira olmadi.

70. GOL! "Sluck" futbolchisi Sasin yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv taqdiri hal bo'lgan ko'rinadi.

64. "Energetik" hisobda orqada, ammo muvozanatni tilash uchun tuzukroq hujum tashkil eta olmayapti. "Sluck" esa birinchi taymdagidan ancha sifatli o'yin ko'rsatmoqda.

58. GOL! "Sluck" baribir hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Sasin jarima maydonchasi ichiga kirib, zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi.

51. Kozlov penaltini golga aylantira olmadi.

50. Penalti! "Sluck" futbolchisini yiqitishdi. "Energetik" darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

42. Ikkala jamoa ham tartibli o'yin ko'rsata olmayapti, ketma-ket to'p oldirishlar tufayli bahsda xavfli vaziyatlar juda kam sodir bo'lyapti.

33. ZARBAAA! Umarovning yaqin burchakka bergan zarbasini "Sluck" posboni qaytarib qoldi.

31. "Sluck" chap burchak bayroqchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi. Standartdan jarima maydonchasiga tashlangan to'pga mehmon jamoa futbolchisi zarba berdi, biroq noaniq.

25. Sariq kartochka. Iminov raqibning qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatgani uchun jazolandi.

23. O'yin tempi baland emas, jamoalar navbatma-navbat hujum uyushtirishmoqda.

13. Uchrashuv asosan "Energetik"ning kichik ustunligi ostida o'tmoqda, ammo "Sluck" tezkor qarshi hujumlar orqali raqib darvozasi oldida xavf yaratmoqda.

6. Umarov chap qanotdan markazroqqa surilib, darvoza tomon zarba berdi. To'p himoyachiga tegib qaytdi.

5. "Energetik" ko'k, "Sluck" esa oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. Eslatib o'tamiz, "Energetik" safidagi ikki o'zbekistonlik (Iminov va Umarov) asosiy tarkibda harakat qilmoqda.


"Energetik-BGU": Makavchik. Bakich, Bashilov, Iminov, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, SHkudryuk, Sokol, Umarov, Yudchidc.

"Sluck": Branovec, Anyukevich, Gafar, Koanda, Kozlov, Ponikarov, Rashchenya, Rusak, Sasin, Semyonov, Veliko.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика