Endi ayollarga ham "Oltin to'p" topshiriladi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 16:29
Erkaklar futbolidagi eng nufuzli sovrin - "Oltin to'p" tez orada ayollarga ham topshiriladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlaydigan France Football nashri ayollar uchun ham shunday sovrin joriy qiladi. Ayollar "Oltin to'pi" shu yildan topshiriladi. Taqdirlash marosimi 3 dekabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

France Football nashri 8 oktyabr kuni ayollar "Oltin to'pi" uchun da'vogar 15 futbolchi nomini e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP News