So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  32 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Emmanyuel Peti “Arsenal” tarkibi haqida: “Futbolchilarning yarmini haydab yuborardim” Yangiliklar

Emmanyuel Peti “Arsenal” tarkibi haqida: “Futbolchilarning yarmini haydab yuborardim”

“To'pchilar” sobiq futbolchi Emmanyuel Peti “Arsenal”ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

“O'ylashimcha, ularning oxirgi yillardagi asosiy xatosi bu ahmoqona transfer siyosati. Tushunarli, gap pulga borib taqaladi. Ularda “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” kabi imkoniyatlar yo'q, ammo hozir ular mazkur klublardan unchalik ham uzoq emas. “Arsenal”da top o'yinchilarni jalb qilish uchun hali ham imkon mavjud. Biroq, so'nggi 6-7 yil ichida ular pullarni qanday sarflaganlari …

Buni kim nazorat qilmoqda? SHunchaki so'rayapman: ushbu qarorlar kimga tegishli? Bosh murabbiyning fikri muhimmi, bu uning zimmasidami? Yoki direktorlar kengashidan kimdirmi? Ular bu tipdagi futbolchilar, ayniqsa, himoyachilarni nega sotib olishganini tushunmayapman.

“Arsenal” o'yinlarini ko'rib, hissiyotga berilmaslikka harakat qilaman. Bunga qiziqmaslikka va emociyalarni chetga surishga urunaman. Ularga oddiy jamoa sifatida qarayman. O'zimga: bugun ulardan yaxshi narsa kutma, deb aytishimga to'g'ri kelmoqda. Ayni vaqt ular haqida shu fikrdaman.

Agar “Arsenal” nomini olib tashlab, shunchaki, jamoadagi futbolchilarga qarasangiz … Ularning darajasi klubga to'g'ri kelmaydi. Mavsum oxirida klub, Arteta va direktorlar kengashidagilar o'rnida bo'lsam, rostini aytaman, futbolchilarning yarmini haydab yuborardim. Buni ochiq gapiryapman”, deydi Peti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика