Emiliano Salaning ikki yaqin insoni vafot etdi
26 apr 2019 23:25
Yangiliklar


Emiliano Salaning ikki yaqin insoni vafot etdi
SHu yilning 21-yanvar sanasida Nant shahridan Kardiffga uchgan argentinalik hujumchi Emiliano Sala aviahalokat tufayli 28 yoshida vafot etadi.
U 29 yanvar kuni «Kardiff» safida «Arsenal»ga qarshi o'ynashi kerak edi. Salaning transferi «Kardiff» uchun rekord summaga aylangan.
Argentinalik futbolchi Uels klubi bilan kelishuvga erishib, «Nant»dagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish maqsadida Franciyaga kelgan va shu bilan samolyotda uchuvchi bilan ortga qaytgan. Biroq, manzilga etib bora olmagan.
Bugun erta tongda Salaning otasi Orasio Sala yurak xuruji natijasida 58 yoshida olamdan ko'z yumgani malum bo'ldi.
SHuningdek, futbolchining eng yaqin do'sti Sebastyan Rabellino o'tgan haftada avtohalokat tufayli 24 yoshida halok bo'lgani ham aniqlandi. U mahalliy "San-Martin-de-Progreso" klubi safida faoliyat olib borar edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar